Oʻzbekiston va Rossiya oʻlchov uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirmoqda

Oʻzbekiston va Rossiya oʻlchov uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirmoqda

Oʻzbekiston va Rossiya oʻlchov uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Innoprom. Markaziy Osiyo – 2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari faol ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida sanoatni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma doirasidagi muhim voqealardan biri - “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Rossiyaning “ElMetro-Injiniring” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganidir.

Memorandumga muvofiq, O‘zbekistonda energetika, kimyo sanoati va geologiya sohalarida foydalaniladigan zamonaviy metrologiya uskunalari va yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

“ElMetro-Injiniring” kompaniyasi 25 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, sanoat avtomatizatsiyasi va yuqori aniqlikdagi o‘lchov uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning umumiy xodimlari soni 300 nafarga yaqin bo‘lib, shundan 55 nafari ilmiy-texnik markaz mutaxassislari hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling