Oʻzbekiston va Rossiya INNOPROMda qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya INNOPROMda qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Rossiya INNOPROMda qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizda o'tkazilayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Shunday uchrashuvlardan biri qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev hamda Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyati qishloq xo‘jaligi, savdo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Balkin o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash va yangi yo‘nalishlarni belgilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, chorvachilik mahsulotlari hamda yog‘-moy yo‘nalishidagi mahsulotlar eksportini kengaytirish, bu borada o‘zaro manfaatli mexanizmlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan Rossiya tomonining tegishli tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish zanjirlarini integratsiya qilish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling