O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Qozogʻiston togʻ-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 21.02.2026 · 19:40 · 735 views
Oʻzbekiston va Qozogʻiston togʻ-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston togʻ-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir B.Islamov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B. Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi tog‘-kon va geologiya sohasidagi hamkorlikning joriy holati hamda 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.

Tomonlar geologiya qidiruv ishlari, yer qaʼridan foydalanish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.