O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qatar Amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faol saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Oʻzbekiston – Qatar strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish masalalari muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi samarali muloqot va almashinuvlar faollashayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Telefon suhbati chogʻida siyosiy muloqot hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy loyihalarni jadallashtirish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.