O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Norvegiya Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 16.04.2026 · 12:45 · 643 views
Oʻzbekiston va Norvegiya Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Norvegiya Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xelen Sand Andresen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlikning joriy holatini muhokama qilib, afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

X.Andresen Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy darajada yagona yondashuvni shakllantirish borasida O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, ushbu mamlakatni mintaqaviy bog‘liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.