Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston sportida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston sportida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston sportida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston rasmiylari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishdagi oʻzaro hamkorlik mavsuzida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Moʻgʻuliston Prezidenti maslahatchisi Sharxu Amarsayxan boshchiligidagi delegatsiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati qatnashdi.

Tomonlar jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya harakati yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda qoʻshma loyihalarni koʻrib chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida kelasi oy Toshkentda oʻtadigan boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston terma jamoalari ishtirokida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari haqida ham soʻz bordi.

Yakunda tomonlar mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling