O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika va kosmetika ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 13.08.2026 · 16:52 · 40 views
Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika va kosmetika ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika va kosmetika ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston–Koreya biznes forumida ishtirok etdi.

Forumda Koreya Respublikasi Hukumati vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi investitsiya tashabbuslarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida farmatsevtika va kosmetika sohasida faoliyat yurituvchi MIBA kompaniyasi rahbariyati bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda farmatsevtika va kosmetsevtika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyaviy imtiyozlar hamda «BioPharma City» farmatsevtika klasteri salohiyati taqdim etildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida MIBA kompaniyasi rahbariyati hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida mamlakatimizga taklif etildi.