O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya raqamli qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily · 19.06.2026 · 20:00 · 34 views
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya raqamli qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya raqamli qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi (MAFRA) ning ODA loyihalarini boshqarish ofisi rahbari Jang Jeongryeol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazirlikning Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti rahbar va mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida raqamli qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash istiqbollari va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan reja asosida hamkorlikni izchil davom ettirish, innovatsion va raqamli yechimlarni agrar tarmoqqa bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

UzDaily · 👁 34 views · 19.06.2026 · 20:00