Oʻzbekiston va Filippin raqobat masalalari boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Filippin raqobat masalalari boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Filippin raqobat masalalari boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Filippinning Manila shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro raqobat tarmog‘ining (ICN Annual Conference 2026) 25-yillik konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Filippin Raqobat komissiyasi raisi Maykl G. Aguinaldo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar raqobat siyosati sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, raqamli bozorlar, davlat xaridlari hamda zamonaviy raqobat instrumentlarini joriy etish sohalarida tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishdilar.

Tomonlar xalqaro hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro amaliy muloqotni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Muloqot so‘ngida H. Turaxujayev Filippin Raqobat komissiyasi spikerlarini joriy yilning 16–17 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.

Konferensiya doirasida Qo‘mita masʼul xodimi B. Yusupjanov tomonidan “Xalqaro hamkorlik loyihasi: huquqni qo‘llash samaradorligini oshirishda xalqaro hamkorlik” mavzusidagi sessiyada O‘zbekistonning raqobat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlik tajribasi hamda davlat xaridlarida sunʼiy intellekt asosidagi zamonaviy tizimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z nutqida maʼlumot berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling