Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari migratsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari migratsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari migratsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi masʼullaridan iborat delegatsiya Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro migratsiyani ko‘rib chiqish forumi (IMRF) doirasida xalqaro hamkorlar bilan bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Forum ochilishida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish va XMT Bosh direktori Emi Poup global migratsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bayon qildi.

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev O‘zbekistonda migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kasbiy va til tayyorgarlik tizimi hamda xalqaro hamkorlik natijalari haqida axborot berdi.

Shuningdek, o‘z nutqida: migratsiyani faqat iqtisodiy zarurat emas, balki inson kapitaliga sarmoya sifatida baholanishini qayd etdi.

HMT Bosh direktori o‘rinbosari Ugochi Deniyels bilan mamlakatidan tashqarida ishlayotganlar huquqlarini taʼminlash, hamda Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro Migratsiya forumni tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Logan University (tibbiyot universiteti) bilan AQSH mehnat bozori uchun tibbiyot xodimlarini maqsadli tayyorlash, qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Missouri Trucking School (haydovchilik maktabi) vakillari bilan 160 soatlik maxsus o‘quv dasturi orqali yuk avtomobili haydovchilarini AQSH standartlari asosida tayyorlash va ishga joylashtirish mexanizmi muhokama qilindi.

NCAE (AQSH qishloq xo‘jaligi ish beruvchilari kengashi) va Migratsiya agentligi o‘rtasida ish beruvchilar ishtirokida mehnat forumi tashkil etish, mavsumiy ish dasturlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Head Honchos (mavsumiy ish rekruting) tashkiloti bilan H-2A vizalarini rasmiylashtirish, Amerikada O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi kadrlar salohiyatini targ‘ib qilish, 8–10 haftalik tayyorlov dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Ballon Stoll (yuridik firma) bilan AQSHda O,H-2A, H-2B, H-1B va E vizalari orqali ish imkoniyatlari hamda ushbu malakatda ishlayotgan o‘zbekistonliklar huquqiy himoyasi mexanizmlarini kuchaytirish to‘g‘risida muloqot olib borildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling