Oʻzbekiston va Afgʻoniston tranzit tashishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston tranzit tashishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston tranzit tashishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-iyun kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi Karim Hoshimiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yuk tashish jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish masalalari muhokama qilindi.
 
Xususan, Afg‘onistonga yo‘naltirilayotgan va O‘zbekistondan eksport qilinayotgan yuklarni qabul qilish hamda tushirish jarayonlarini tezlashtirish, Xayraton va Naibobod temir yo‘l stansiyalarida qo‘shimcha ombor infratuzilmasi va shahobcha temir yo‘llarini barpo etish yuzasidan fikr almashildi.
 
Shuningdek, Afg‘oniston tranzit yuklarini O‘zbekiston hududi orqali tashish hajmini oshirish, Xitoy hamda Fors ko‘rfazi portlaridan kelayotgan yuklarni mamlakatimiz orqali yo‘naltirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
 
Tomonlar Afg‘oniston hududida yuklar sifatini baholash laboratoriyalari sonini ko‘paytirish hamda milliy tashuvchilar uchun amal qilayotgan ayrim yig‘imlarni maqbullashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.
 
Uchrashuv yakunida Afg‘oniston tomoni ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling