O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.

Mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.