Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjonga joʻnab ketdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-may kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
UzDaily
·
👁 459 views
·
17.05.2026 · 21:55