O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Afgʻonistonga urugʻlik xayriya qildi

UzDaily · 02.06.2026 · 15:35 · 477 views
Oʻzbekiston Afgʻonistonga urugʻlik xayriya qildi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga urugʻlik xayriya qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetkazib berildi.

Jumladan, ob-havo sharoitlariga chidamli, sertifikatlangan 20 tonna chigit, 20 tonna sholi, 500 kilogramm sabzavot, poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli urug‘lari topshirildi.

Mazkur amaliy yordam Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligini oshirish hamda agrar sohada innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi agrar hamkorlik bugungi kunda mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilmoqda. Bu esa qo‘shnichilik tamoyillari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan munosabatlarning amaliy ifodasidir.