Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi
Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov nufuzli Tata Steel Chess shaxmat turnirida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi 13 imkoniyatdan 9 ochko to‘plab, raqiblarini ishonchli tarzda ortda qoldirdi va musobaqaning yagona g‘olibiga aylandi.
Turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirok tufayli Abdusattorov yana onlayn reyting bo‘yicha jahonning eng kuchli besh nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi hamda o‘zining jahon miqyosidagi yetakchi o‘yinchilardan biri ekanini tasdiqladi.
UzDaily
·
👁 1205 views
·
02.02.2026 · 11:17