Niderlandiya va Yaponiya JCH-2026da durang o‘ynadi
Niderlandiya va Yaponiya JCH-2026da durang o‘ynadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari durang natija qayd etdi. F guruhidan o‘rin olgan uchrashuv AQSHning Dallas shahrida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.
Niderlandiya terma jamoasi safida Virdjil van Deyk 50-daqiqada va Krisensio Sammervill 64-daqiqada gol urdi. Yaponiya jamoasi esa Keyto Nakamuraning 57-daqiqadagi hamda Daiti Kamadaning 88-daqiqadagi gollari bilan javob qaytardi.
Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, har ikki jamoa F guruhida bir ochkodan jamg‘ardi.
Keyingi turda Ronald Kuman boshchiligidagi Niderlandiya terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi. Yaponiya terma jamoasi esa Tunis bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 20 iyun kuniga belgilangan.