O‘zbekiston

Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi

Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi
Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi / Foto: O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Farg‘ona viloyatiga ishchi tashrif bilan boradi.

Ikki kunga mo‘ljallangan tashrif doirasida viloyatning shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, turizm va qator boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslarning ijrosi bilan tanishadi.

Joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, tashrif davomida Farg‘ona viloyatini yana-da ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb va ustuvor vazifalari ko‘rib chiqiladigan yig‘ilish o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.