O‘zbekiston

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari muhim qarorlarni qabul qildilar

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari muhim qarorlarni qabul qildilar
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari muhim qarorlarni qabul qildilar / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi. 

Bundan tashqari, Prezidentlar quyidagi muhim hujjatlarni qabul qildilar: 

– Qirg‘iz Respublikasining 2027-2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi yuzasidan BMTga a’zo davlatlarga murojaat; 

– Ozarbayjon Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror; 

– Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi; 

– Markaziy Osiyo xavfsizligiga xatarlarning katalogi va ularning oldini olish bo‘yicha 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan choralar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.