O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Manchester City o‘zbek kompaniyasi Artel bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi

Dilafro'z Niyazova · 17.12.2025 · 10:39 · 5302 views
Manchester City o‘zbek kompaniyasi Artel bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi
Manchester City o‘zbek kompaniyasi Artel bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliyaning Manchester City futbol klubi O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Hamkorlik doirasida brend jamoaning mashg‘ulot formasida joylashtirilishi mumkin, deb xabar berdi Abduqodir Husanovga yaqin manba.

Shuningdek, klub Artel bilan hamkorlikda O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochadi. Bu mamlakatda shunday darajadagi xorijiy klub ishtirokida tashkil etiladigan ilk akademiya bo‘ladi.

Hamkorlikka oid batafsil maʼlumotlar klub tomonidan rasmiy anons qilinganidan so‘ng eʼlon qilinadi.