O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Kolin Insaat” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 30.01.2025 · 11:35 · 609 views
“Kolin Insaat” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Kolin Insaat” kompaniyasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov “Kolin Insaat” kompaniyasi (Turkiya) tog‘-kon sanoati guruh rahbari Cengiz Erdem bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Kolin Insaat” vakillariga O‘zbekistonda kon-geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar va ularning mohiyati, elektron auksion savdolarida ishtirok etish mexanizmlari yuzasidan ma’lumot berildi.