Ilgiz Tantashev JCHda Jazoir — Avstriya o‘yinini boshqaradi
Ilgiz Tantashev JCHda Jazoir — Avstriya o‘yinini boshqaradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik referi Ilgiz Tantashev 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi tur uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ro‘yxatiga kiritildi.
Yurtdoshimiz J guruhidan o‘rin olgan Jazoir va Avstriya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim bahsning bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda yordamchi hakam sifatida o‘zbekistonlik Andrey Sapenko va Timur G‘aynullin ko‘maklashadi. Uchrashuv 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Qayd etish joizki, mazkur jahon chempionatida ishlash O‘zbekiston hakamlar brigadasi uchun ilk tajriba emas. Avvalroq Ilgiz Tantashev Timur G‘aynullin va Andrey Sapenko bilan birgalikda musobaqaning ikkinchi turida Shotlandiya hamda Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqargan edi.
O‘sha bahs Marokash terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvdagi yagona golni yarim himoyachi Ismael Saybari kiritgan bo‘lib, u o‘yinning 2-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.