Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Moliya 10/04/2025 HUMO va Armaniston kartalari Oʻzbekiston va Armanistonda oʻzaro foydalanish mumkin boʻladi

HUMO va Armaniston kartalari Oʻzbekiston va Armanistonda oʻzaro foydalanish mumkin boʻladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — HUMO to‘lov tizimi va "Armenian Card" yopiq aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Kompaniyalar o‘rtasidagi mazkur kelishuv O'zbekiston va Armaniston o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi, shuningdek, HUMO va Armenian Card kartalari egalariga ikkala mamlakat hududida milliy to‘lov vositalaridan to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini beradi.

Ushbu memorandum ikki davlat o‘rtasidagi barqaror o‘zaro manfaatli sheriklik uchun asos yaratishga qaratilgan.
Imzolash marosimi Armanistonda Arcaning 25 yilligini nishonlash kuni bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro majburiyatlarni tasdiqlagan holda hamkorlik kelishuvini rasman imzoladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling