Moliya

“Trastbank” qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi

“Trastbank” qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi
“Trastbank” qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi / Foto: “Trastbank”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Trastbank”ning oddiy va imtiyozli aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish 11 avgust kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bank ustav kapitalini 1 trillion so‘mga oshirish to‘g‘risidagi qaror 22 may kuni aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qabul qilingan. Bu haqda Openinfo xabar berdi.

Ustav kapitalini oshirishni bankning o‘z kapitali hisobidan 1:1 nisbatda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, aksiyadorlar o‘zlarida mavjud har bir aksiya uchun yana bitta qo‘shimcha aksiya oladi.

Qo‘shimcha aksiyalarni taqsimlash uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi “Trastbank” Kuzatuv kengashining tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng belgilanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.