O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Hududlarda sanoat jadal rivojlantiriladi va sanoat korxonalari eksportga jalb qilinadi

Dilafro'z Niyazova · 10.10.2025 · 14:05 · 1586 views
Hududlarda sanoat jadal rivojlantiriladi va sanoat korxonalari eksportga jalb qilinadi
Hududlarda sanoat jadal rivojlantiriladi va sanoat korxonalari eksportga jalb qilinadi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;

hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish;

har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “o‘sish nuqtasi”ni rivojlantirish.

2026 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil 1 yanvarga qadar:

ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;

o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.