O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi

UzDaily · 24.01.2025 · 21:56 · 877 views
Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi

Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inlarni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasi bilan amaldagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligiga oid normalarga oydinlik kiritilib, mazkur masala yuzasidan yaxlit qonun hujjatini qabul qilish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada harbiy xizmatchilarni moddiy javobgarlikka tortish asoslari, harbiy xizmatchilarning cheklangan yoki to‘liq moddiy javobgarligi masalalari, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartib-taomillari, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi kabi muhim normalar aniqlashtirilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga, harbiy intizomning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

UzDaily · 👁 877 views · 24.01.2025 · 21:56