Fransiyaning KOSMETIK VODIYI Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Fransiyaning KOSMETIK VODIYI Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 26–30 aprel kunlari COSMETIC VALLEY boshchiligidagi Fransiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhim kelishuvlar imzolandi.
Jumladan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va IBITA o‘rtasida imzolangan memorandum kosmetika va kosmetsevtika sohasida qo‘shma ishlanmalar, texnologiyalar almashinuvi va xorijiy kompaniyalarni “Tashkent Pharma Park” (“Bio Pharma City”) hududida lokalizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, COSMETIC VALLEY ishtirokida ACTT4Cosmetics konsorsiumi bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Mazkur tashrif O‘zbekistonning kosmetika va farmatsevtika sohalarida xalqaro integratsiyasini kuchaytirish, investitsiyalarni jalb etish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.