O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Fransiya Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 10:43 · 29 views
Fransiya Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

Fransiya Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiya milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati chorak finalida Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnirning ilk yarim finalchisiga aylandi. Uchrashuv AQSHning Massachusets shtatidagi Foksboro shahrida bo‘lib o‘tdi.

Fransiya terma jamoasi hisobni 60-daqiqada ochdi. Kilian Mbappe kiritgan gol jamoasini oldinga olib chiqdi.

Oradan olti daqiqa o‘tib, amaldagi jahon vitse-chempionlari ustunligini Usmon Dembele mustahkamladi. Uning goli uchrashuvning yakuniy hisobini — 2:0 ni belgiladi.

Ushbu g‘alaba Fransiya terma jamoasiga Jahon chempionati yarim finaliga birinchi bo‘lib yo‘llanma olish imkonini berdi.

Fransiya final yo‘llanmasi uchun 14 iyul kuni Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o‘rtasida 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan chorak final bahsi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.