Fitch “O‘zbekgidroenergo” AJ reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Fitch “O‘zbekgidroenergo” AJ reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Fitch “O‘zbekgidroenergo” AJ reyting prognozini “Ijobiy”ga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqlab, reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi prognozi ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqilgani bilan bog‘liq. Bu mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, fiskal intizomni mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish hamda ochiqlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro reyting agentliklari tomonidan ijobiy qabul qilinayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, “O‘zbekgidroenergo” AJ reyting prognozining “Ijobiy”ga o‘zgartirilishi suveren reyting prognozidagi ijobiy dinamika bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa-da, Fitch Ratings baholashida bunday qaror faqat ushbu omil bilan cheklanmaydi. Davlat bilan bog‘liq korxonalar reytingini shakllantirishda suveren reytingdagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda, korxonaning strategik ahamiyati, davlat bilan institutsional aloqalari, moliyaviy intizomi, boshqaruv sifati, operatsion barqarorligi, biznes muhitidagi mavqei hamda axborot shaffofligi kabi mezonlar ham inobatga olinadi.

Mazkur mezonlar nuqtayi nazaridan, “O‘zbekgidroenergo” AJning mamlakat energetika tizimidagi muhim o‘rni, gidroenergetika sohasidagi strategik vazifalari, barqaror ishlab chiqarish faoliyati, moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyatli yondashuvi, ehtiyotkorona moliyaviy siyosati hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlari Jamiyatning kredit barqarorligini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda Jamiyat tomonidan gidroenergetika salohiyatini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, moliyaviy va operatsion boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda institutsional barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jamiyat faoliyatida iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, ijtimoiy va operatsion ahamiyatga ega yo‘nalishlar ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya ta’minoti barqarorligini oshirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va hududlarning energetik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Fitch Ratings tomonidan reyting prognozining “Ijobiy”ga o‘zgartirilishi “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro investorlar, moliya institutlari va hamkor tashkilotlar oldidagi ishonchliligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokni faollashtirish hamda strategik hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun muhim ijobiy signal hisoblanadi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ kelgusida ham mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash, gidroenergetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, operatsion samaradorlikni oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xalqaro amaliyotga mos boshqaruv yondashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling