O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘onada TÜGİADning mintaqaviy ofisini ochish va mahalliy tadbirkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Dilafro'z Niyazova · 14.10.2025 · 12:00 · 1356 views
Farg‘onada TÜGİADning mintaqaviy ofisini ochish va mahalliy tadbirkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Farg‘onada TÜGİADning mintaqaviy ofisini ochish va mahalliy tadbirkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda  

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov TÜGİAD – Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasining Turkiy davlatlar bo‘yicha koordinatori Jemal Ersoyni qabul qildi.

TÜGİAD – Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasi 1986 yilda tashkil etilgan milliy nodavlat tashkilot bo‘lib, Turkiyaning turli hududlaridagi yosh va faol tadbirkorlarni birlashtiradi.

Uyushmaning asosiy maqsadi yoshlarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, innovatsion g‘oyalar va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan iborat.

Muloqotda Farg‘ona viloyatida TÜGİADning mintaqaviy ofisini ochish, mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, onlayn formatda uchrashuvlar, tajriba almashinuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi texnologiyalari, quyoshdan elektr olish, tekstil kabi yo‘nalishlarda qator istiqbolli loyihalar takliflari bildirildi. 

Hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kelishib olindi.