Farg‘ona viloyati va Terminal Yapı yangi loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati va Terminal Yapı yangi loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati va Terminal Yapı yangi loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun Turkiyaning “Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi” kompaniyasi rahbari Mehmet Alp Delimollaog‘lu bilan navbatdagi muloqotni o‘tkazdi.

Uchrashuvda avval muhokama qilingan tashabbuslarning bugungi holati ko‘rib chiqilib, hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, xalqaro moliya institutlari ishtirokida sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarida zamonaviy infratuzilmalarni barpo etish, mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish va texnik jihatdan yangilash, shuningdek, aeroportni modernizatsiya qilishga doir loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling