Farg‘ona viloyati va Alcon biochar loyihasini muhokama qildi

Farg‘ona viloyati va Alcon biochar loyihasini muhokama qildi

Farg‘ona viloyati va Alcon biochar loyihasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Alcon Development Group” kompaniyasi boshqaruv direktori Ziya Gaziyev hamda uning biznes hamkori Ahsen Qureshi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv ushbu kompaniya vakillari bilan avval o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida tashkil etilib, unda o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarining joriy holati va kelgusi bosqichlari muhokama qilindi.

Xususan, g‘o‘zapoyani qayta ishlash orqali biochar (maxsus ko‘mir) ishlab chiqarishga qaratilgan innovatsion loyihani amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kompaniya vakillari ushbu loyihaning qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan samarali foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yuqori qo‘shimcha qiymat yaratishdagi ahamiyati, eksport salohiyatini taʼkidladilar.

Viloyat rahbari tomonidan mazkur tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur tashkiliy va amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi taʼminlanishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling