O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Farg‘ona viloyati Runking Automotive bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily · 18.06.2026 · 17:30 · 28 views
Farg‘ona viloyati Runking Automotive bilan loyihalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Runking Automotive bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Runking Automotive Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga kompaniya direktori Chjen Gochuan boshchilik qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar mazkur kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati va Xitoy kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma tashabbuslarni yana-da amalga oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar va amaliy qadamlar belgilab olindi.

UzDaily · 👁 28 views · 18.06.2026 · 17:30