Farg'ona viloyati Gonkongga Xitoy investitsiyalarini jalb qilmoqda

Farg'ona viloyati Gonkongga Xitoy investitsiyalarini jalb qilmoqda

Farg'ona viloyati Gonkongga Xitoy investitsiyalarini jalb qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Gonkong shahrida O‘zbekiston–Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
Forum doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Xitoyning “Runking-Motors”, “Global Village Service Center Limited”, “Xiamen Taoshayun Technology”, “BaWang International Group” va “Liftcore Elevator Co., Ltd.” kabi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Viloyatda avtomobilsozlik, qurilish, maishiy kimyo hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tashkil etilgan ko‘rgazmada Farg‘onaning eksport salohiyati, xususan, “Quva Agrostar” mahsulotlari va milliy hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling