Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentdagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasida bo‘lib o’tayotgan "INNOPROM. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi vakillari bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko bilan kechgan muloqotda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yangi bosqichga chiqqani, hududlar o‘rtasida qo‘shma dastur va loyihalar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Vitaliy Xotsenko kuni kecha Farg‘ona viloyatiga qilgan amaliy tashrifi davomida muhim kelishuvlarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hamkorlik doirasida kartoshkachilikni rivojlantirish, chorvachilik va savdo uylarini ochish kabi investitsiya loyihalariga start beriladi.

Uchrashuv yakunida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi — “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling