Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari belgilandi
Energetika vazirligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatlari belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi ekanligi belgilandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Energetika vazirligi o‘z vakolatlari doirasida vakolatli davlat organi bilan birgalikda atom elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning balansini ishlab chiqadi, shuningdek atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.