Deputatlar suv xo'jaligidagi javobgarlik bo'yicha tuzatishlarni ma'qulladilar
Deputatlar suv xo'jaligidagi javobgarlik bo'yicha tuzatishlarni ma'qulladilar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ya’ni, suvdan foydalanish bo‘yicha tuzilayotgan shartnomalarni elektron shaklda yuritish, suv xo‘jaligi obyektlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida xususiy sektor boshqaruviga berish tizimini takomillashtirish belgilanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi suvdan foydalanish tartib-taomillarini raqamlashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklikka berishning shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.