O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtgan eko-konferensiyada ishtirok etdi

UzDaily tahririyati · 25.06.2026 · 13:50 · 27 views
Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtgan eko-konferensiyada ishtirok etdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtgan eko-konferensiyada ishtirok etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Tachen shahrida 2026-yilda qishloq hududlarida yangi energiya transport vositalarini ommalashtirish dasturining birinchi bosqichiga bag‘ishlangan tantanali marosim hamda To‘liq elektrlashtirish sanoati ekotizimi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan davlat organlari, sanoat korxonalari, ilmiy markazlar va ekspertlar qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari ham qatnashdi.

Konferensiya davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini elektr transport vositalari sanoatiga joriy etish, qishloq hududlarida elektromobillar infratuzilmasini rivojlantirish, zaryadlash tarmoqlarini kengaytirish hamda yashil energetikaga asoslangan zamonaviy sanoat ekotizimlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, elektr transport vositalarini ishlab chiqarish, energiya saqlash tizimlari, aqlli boshqaruv texnologiyalari va raqamli yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.

Mazkur tadbir barqaror rivojlanish, ekologik toza transport tizimlarini keng joriy etish va kelajak sanoatini shakllantirish yo‘lidagi muhim xalqaro muloqot maydonlaridan biri bo‘ldi.