O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

CSCEC International «Yangi Bekobod»ni rivojlantirishga yordam beradi

Dilafro'z Niyazova · 27.08.2026 · 21:50 · 39 views
CSCEC International «Yangi Bekobod»ni rivojlantirishga yordam beradi
CSCEC International «Yangi Bekobod»ni rivojlantirishga yordam beradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” AJ va Xitoyning CSCEC International kompaniyasi O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Loyihalar qatorida quvvati 150 MVtgacha bo‘lgan energiya saqlash tizimini yaratish va Bekobodni zamonaviy «Yangi Bekobod» shahriga aylantirish rejasi ham bor. Bu haqda “O‘zmetkombinat” AJ xabar berdi.

Kompaniya vakillarining Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvi avvalroq “O‘zmetkombinat” vakillarining Xitoyga tashrifi doirasida o‘tkazilgan muzokaralarning davomi bo‘ldi. Muzokaralarda tomonlar erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga o‘tdi.

Asosiy yo‘nalishlardan biri quvvati 150 MVtgacha bo‘lgan energiya saqlash tizimi loyihasini moliyalashtirish va unga investitsiya kiritish masalasi bo‘ldi. Tomonlar, shuningdek, Tebinbuloq loyihasi ustida birgalikda ishlash va O‘zbekiston hududida yirik investitsiya tashabbuslarini amalga oshirishga kelishib oldi.

Bekobodni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Erishilgan kelishuvlar doirasida shaharni zamonaviy «Yangi Bekobod»ga aylantirish rejalashtirilmoqda. Xitoylik hamkorlarga ushbu yo‘nalish bo‘yicha loyiha taklifini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra “O‘zmetkombinat” va CSCEC International o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishni nazarda tutadi.