O‘zbekiston

Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Chexiya Bosh vazirini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, uni shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Chexiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.