BYD avtomobili sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

BYD avtomobili sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

BYD avtomobili sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BYD COMPANY LIMITED kompaniyasi avtomobili O‘zbekiston Adliya vazirligida sanoat namunasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu mahsulotning tashqi ko‘rinishiga sanoat dizayni obyekti sifatida huquqiy muhofaza taqdim etilishini anglatadi.

Sanoat namunasi mahsulotning tashqi ko‘rinishini belgilab beruvchi badiiy-konstruktorlik yechimi hisoblanadi.

U intellektual mulk obyektlaridan biri bo‘lib, mahsulotning texnik vazifasini emas, balki aynan estetik xususiyatlarini himoya qiladi.

Huquqiy muhofaza olish uchun sanoat namunasi yangilik va o‘ziga xoslik mezonlariga javob berishi lozim.

Yangilik deganda uning muhim belgilari majmuasi ariza topshirilgan sanadan oldin omma uchun ochiq manbalarda maʼlum bo‘lmasligi tushuniladi. O‘ziga xoslik esa dizaynning noyob ijodiy xususiyatga ega bo‘lishini nazarda tutadi.

Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uning egasiga dizayndan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquq beradi hamda huquq egasining ruxsatisiz uni nusxalash yoki uchinchi shaxslar tomonidan foydalanishni taqiqlaydi.

Qayd etilishicha, sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani Adliya vazirligining rasmiy portali — im.adliya.uz orqali topshirish mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling