Buxoroda yog‘ochga ishlov berish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q
Buxoroda yog‘ochga ishlov berish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 iyun kuni ertalab Buxoro shahridagi «M. Tarabiy» mahallasida joylashgan yog‘ochga ishlov berish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 05:43 da 112 tezkor chaqiruv tizimi orqali qabul qilingan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga 05:52 da yetib kelgan.
Yong‘in soat 06:02 da lokallashtirilgan, 07:22 da esa to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida ustaxonaning 150 kvadrat metr maydondagi tom qismi hamda uning ichida saqlangan yog‘och xomashyosi zarar ko‘rgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda mutaxassislar yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.