O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Bugun "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlarining navbatdagi davrasi boshlanadi

Dilafro'z Niyazova · 15.04.2025 · 14:50 · 604 views
Bugun "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlarining navbatdagi davrasi boshlanadi
Bugun "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlarining navbatdagi davrasi boshlanadi (Surat: “Dunyo” AA)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Hindistonning Puna shahridagi "Aundh" xalqaro mashg'ulotlar bazasida VI "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlari boshlanmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Seshanba kuni erta tongda navbatdagi qo'shma mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun O'zbekiston harbiylari delegatsiyasi Hindistonga yetib keldi.  

2019-yildan beri muntazam tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur o'quv mashg'ulotlari ikki mamlakat o'rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan.

Ular O'zbekiston va Hindistonda navbatma-navbat har yili o'tkazilmoqda. Xususan, 2024-yilda O'zbekiston va Hindiston harbiy mutaxassislari V "Do'stlik" mashg'ulotlari doirasida "Termiz" harbiy poligonida mahorat oshirgan edi.

Qo'shma mashg'ulotlar 28-aprelgacha davom etadi.