O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

BMT Taraqqiyot Dasturi va Surxondaryo viloyat maʼmuriyati maktablarni modernizatsiya qilish loyihasini muhokama qilishd

UzDaily · 19.06.2026 · 16:50 · 32 views
BMT Taraqqiyot Dasturi va Surxondaryo viloyat maʼmuriyati maktablarni modernizatsiya qilish loyihasini muhokama qilishd

BMT Taraqqiyot Dasturi va Surxondaryo viloyat maʼmuriyati maktablarni modernizatsiya qilish loyihasini muhokama qilishd

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi Doimiy vakilasi Akiko Fujii Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda UNDP va UNICEF tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ISHONCH 2030 qo‘shma dasturining ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi dastlabki 16 ta maktabni iqlimga chidamli modernizatsiya qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yuzasidan erishilgan natijalarni ko‘rib chiqdilar.

Modernizatsiya ishlari suv, sanitariya va gigiyena (WASH) infratuzilmasini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya yechimlarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan qator qo‘shma tashabbuslar natijalari muhokama qilindi. Xususan, 60 ta mahallada mahalliy rivojlanish rejalari ishlab chiqilgani hamda hududda istiqomat qilayotgan Afg‘oniston fuqarolari uchun kasbiy ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgani qayd etildi.

Tomonlar Surxondaryo viloyatida “Bir qishloq — bir mahsulot” yondashuvini kengaytirish imkoniyatlarini hamda Termiz xalqaro savdo markazi bilan hamkorlikda mintaqaviy tashabbusni ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qildilar.

UzDaily · 👁 32 views · 19.06.2026 · 16:50