Bino va inshootlarni qurish yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi

Bino va inshootlarni qurish yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi

Bino va inshootlarni qurish yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Xususiy qurilish nazorati obyektning quruvchisi va nazoratchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Xususiy qurilish nazorati buyurtmachining (mulkdor) ixtiyori bilan amalga oshiriladi.

Obyektlarda 1 oyda kamida 1 marta xususiy qurilish nazorati amalga oshiriladi.

Bunda o‘tkaziladigan har bir xususiy qurilish nazoratining muddati 1 ish kunidan oshmasligi shart.

Quyidagilar obyekt qurilishining asosiy bosqichlari hisoblanadi: bino va inshoot poydevorini qurish, poydevor qurish, asosiy ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarni qurish, devorlar va to‘sib turuvchi konstruksiyalarni qurish va tom yopish va boshqalar.

Obyekt buyurtmachisi qurilishning har bir bosqichi yakunlanishidan 2 kun avval xususiy qurilish nazoratchisini elektron va yozma shaklda xabardor qilishi lozim.

Xususiy qurilish nazoratchisi xabarnomani olgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida qurilish obyektiga sertifikatlangan nazoratchini biriktiradi.

Xususiy qurilish nazoratchisi 5 ish kuni mobaynida ijobiy xulosa beradi yoki obyektni qo‘shimcha ko‘zdan kechirib, belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda, ijobiy xulosa berishni rad etadi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling