O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Bernardu Silva Xusanov haqida: o‘zbekistonlik himoyachi har o‘yinda kuchayib bormoqda

Dilafro'z Niyazova · 03.03.2025 · 17:00 · 1253 views
Bernardu Silva Xusanov haqida: o‘zbekistonlik himoyachi har o‘yinda kuchayib bormoqda
Bernardu Silva Xusanov haqida: o‘zbekistonlik himoyachi har o‘yinda kuchayib bormoqda  Surat: Manchester Siti

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Manchester Siti" vitse-kapitani Bernardu Silva O‘zbekistonlik himoyachi Abdukodir Xusanov haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi City Xtra.

Silvaning taʼkidlashicha, “Chelsi” ga qarshi debyut o‘yini Xusanov uchun oson kechmagan. U jamoa bilan atigi bir hafta shug‘ullangan va til baryeri qo‘shimcha muammo bo‘lgan. Bu esa bir qator afsuslanarli xatolarga olib kelgan.

Shu bilan birga, o‘zbek futbolchisi o‘zining ilk tajribasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda o‘zining yuqori saviyasini namoyish etgan.

Bernardu Silva Xusanovning har o‘yinda o‘sishda davom etayotganini, maydonda tobora ishonchli harakat qilayotganini taʼkidlab, uning xarakteri va iqtidoriga yuqori baho berdi.