O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Belgiya va Misr JCH guruh bosqichida durang o‘ynadi

UzDaily · 16.06.2026 · 11:10 · 30 views
Belgiya va Misr JCH guruh bosqichida durang o‘ynadi

Belgiya va Misr JCH guruh bosqichida durang o‘ynadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida Belgiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Vashington shtatidagi Sietl shahrida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobida tugadi.

Uchrashuvda hisob 19-daqiqada Misr terma jamoasi futbolchisi Emam Ashur tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda, 66-daqiqada misrlik futbolchi Muhammad Hani to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi va bu Belgiya jamoasiga hisobni tenglashtirish imkonini berdi.

Har ikki terma jamoa G guruhida ishtirok etmoqda va mazkur o‘yindan keyin bir ochkodan jamg‘ardi. Ushbu guruhda Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham ishtirok etmoqda va ular o‘zaro uchrashuvni keyinroq o‘tkazadi.

Keyingi turda Belgiya terma jamoasi 21 iyun kuni Eronga qarshi maydonga tushadi, Misr esa 22 iyunga o‘tar kechasi Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi va musobaqa tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Ular 12 ta guruhga bo‘lingan. 1/16 finalga har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa, shuningdek uchinchi o‘rinni egallagan sakkizta eng yaxshi terma jamoa yo‘l oladi.

Amaldagi jahon chempioni maqomini Argentina terma jamoasi saqlab turibdi.

UzDaily · 👁 30 views · 16.06.2026 · 11:10