O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

“Asakabank“ daromadliligi 18% bo'lgan besh yillik obligatsiyalarini chiqaradi

UzDaily · 14.01.2026 · 20:33 · 2840 views
“Asakabank“ daromadliligi 18% bo'lgan besh yillik obligatsiyalarini chiqaradi

“Asakabank“ daromadliligi 18% bo'lgan besh yillik obligatsiyalarini chiqaradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15 dekabr 2025 yilda bo‘lib o‘tgan “Asakabank“ Kuzatuv kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, 1 trln so‘mlik beshinchi obligatsiya emissiyasini chiqarish qarori qabul qilindi. Obligatsiyalarning kupon daromadliligi yiliga 18%ni tashkil qiladi.

Emissiyaning aylanma muddati 1 710 kun (5 yil) bo‘lib, bir obligatsiyaning nominal qiymati 500 mln so‘m bo'ladi. Kupon daromadi to‘lovlari har chorakda amalga oshiriladi.

Korporativ obligatsiyalarni joylashtirish usuli cheksiz miqdordagi investorlar — yuridik shaxslar o'rtasida ochiq obuna orqali amalga oshiriladi.

Obligatsiyalarni muddatidan oldin qaytarish, emissiya boshlanish sanasidan boshlab kamida 1 095 kun (3 yil) o‘tganidan keyin ruxsat etiladi. Obligatsiyalarni sotib olish nominal qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.

Muddatidan oldin sotib olinganda obligatsiyalardan daromad yillik 18% stavka asosida to‘lanadi.

UzDaily · 👁 2840 views · 14.01.2026 · 20:33