O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

AQSh va Oʻzbekiston Fargʻonaga investitsiya kiritishni muhokama qilishdi

UzDaily · 18.06.2026 · 16:28 · 25 views
AQSh va Oʻzbekiston Fargʻonaga investitsiya kiritishni muhokama qilishdi

AQSh va Oʻzbekiston Fargʻonaga investitsiya kiritishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotlarda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar avvalida viloyat hokimi AQSH ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga, xususan, Farg‘ona viloyatiga qiziqishi yildan-yilga ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, hududda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, sanoat va infratuzilma sohalaridagi keng imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

“Oppenheimer & Co. Inc” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Tomas Avazyan bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Farg‘ona viloyatida iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, zamonaviy moliyaviy mexanizmlarni joriy etish hamda istiqbolli investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

GULF kompaniyasi rahbari Robert Veksler bilan muloqotda esa viloyat hududida avtomobillar uchun zamonaviy yoqilg‘i quyish shaxobchalari tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, SNB Group kompaniyasi vakili Sergey Begliarov bilan uchrashuvda Farg‘ona viloyatining investitsiyaviy salohiyati, sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga yangi investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, eksport salohiyati hamda hududning sanoat imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuvlar yakunida belgilangan yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini amaliy bosqichga olib chiqish va o‘zaro sheriklik munosabatlarini jadallashtirishga kelishildi.

UzDaily · 👁 25 views · 18.06.2026 · 16:28