O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Angren shahrida yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona ishga tushirilgi

Dilafro'z Niyazova · 02.08.2025 · 09:55 · 386 views
Angren shahrida yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona ishga tushirilgi
Angren shahrida yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona ishga tushirilgi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-avgust kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Holley Technology Ltd” MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha asosida 6-10 kVli tarqatish tarmoqlari uchun 25-3150 kVA quvvatli transformatorlar va 35 kV tarqatish tarmoqlari uchun 100-2500 kVA quvvat transformatorlari ishlab chiqariladi. 

Korxona yiliga 15 mingta turli quvvatdagi transformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, jarayonlar “Holley Technology” Ltd MCHJ QKning zamonaviy uskunalari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, korxonada 150 dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratildi.