O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

UzDaily · 16.06.2026 · 10:38 · 31 views
Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay turmush o‘rtog‘i bilan birga rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keldi.

Poytaxt xalqaro aeroportida Albaniya rahbarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekistonda bo‘lish davomida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Albaniya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Bayram Begay ikki tomonlama hamkorlikni turli yo‘nalishlarda yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

Muzokaralar kun tartibiga xalqaro siyosat masalalari, jumladan, ikki mamlakatning ko‘p tomonlama maydonlardagi hamkorligi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq masalalar ham kiritilgan.

Shuningdek, Albaniya prezidenti O‘zbekiston poytaxtida o‘tayotgan yubiley V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.

UzDaily · 👁 31 views · 16.06.2026 · 10:38